Xodimlarning mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini ta’minlash barcha tashkilot va muassasalar kasaba uyushmalarining asosiy vazifasidir.

O‘zbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi hamda O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi ijroiya qo’mitasining 2022 yil 8-noyabrdagi qo’shma qarori ijrosini ta’minlash hamda “11-noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan Farg’ona viloyati yuridik texnikumida ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlari bo’lib o’tdi.

Texnilum kasaba uyushmasi faoliyatiga o’z hissasini qo’shib kelayotgan xodimlar texnikum ma’muriyatining tashakkurnomasi va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: