Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan respublika boʻyicha oʻtkazilayotgan “Yangi nafas” sport musobaqalari Fargʻonada ham yuqori darajada tashkil etildi.
Fargʻona shahridagi “Samo” sport majmuasi hududida boshlangan “Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda — birga yuguramiz” yagona shiori ostida oʻtkazilgan marafonda 3 mingdan ortiq, shu jumladan imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan 70 dan ortiq ishtirokchilar qatnashdi.
Tadbir yakunida nogironligi bor shaxslar o‘rtasida faxrli o‘rinni egallagan ishtirokchilarga viloyat adliya boshqarmasi tomonidan faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari taqdim etildi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube