O’zbekiston Respublikasi oila va xotin-qizlar Davlat qo’mitasi hamda mutasaddi vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda “Oilalarda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tizimli tashkil etish bo’yicha chora-tadbirlar rejasi”ning 2-bandiga muvofiq “Oilaviy qadryatlarni mustaxkamlashga qaratilgan madaniy-ma’rifiy tadbirlar”ni o’tkazish ijrosi yuzasidan texnikum “Xotin-qizlar” qo’mitasi raisi M.Abdullaeva boshchiligida joriy yilning 16-noyabr kuni “Siz oilaviy xayotga tayyormisiz?” mavzusida “Mash’al” MFY hamkorligida texnikum o’quvchi-qizlari ishtirokida davra suhbati o’tkazildi.
Davra suhbatida “Mash’al” MFY vakili A.Maqsudova, viloyat tug’ruq uyi shifokori F.Ashuralieva, “Qashqar” MFY otinoyisi F.Isaqova va texnikum pedagoglari N.Qurbonova, SH.Kamolovalar ishtirok etdilar.
Davra suhbati davomida ishtirokchilar axloqiy fazilatlarni kamol toptirish, oilaviy qadryatlarni mustaxkamlash, milliy madaniyatni asrab avaylash hamda yoshlar qalbida eng pokiza tuyg’ular shakllanishida oilaning muhim rol o’ynashini, oilada bolaga salomlashishdan tortib to’g’ri ovqatlanish, kiyinish, kattalar va tengdoshlar bilan o’zaro muloqot, jamoatchilik ichida o’zini tutish, odob-axloq, gigiena qoidalariga rioya qilish yuzasidan suhbatlashib, tavsiyalar berdilar.
Uchrashuv so’ngida o’quvchi-qizlar o’zlarini qiziqtirgan savollarga to’laqonli javob oldilar.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube