🇺🇿 1991- yil 18-noyabr kuni mamlakatimizda «O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i to’g’risida» gi Qonun qabul qilingan. Unda davlat bayrog’i mamlakitimizning suvereniteti va mustaqilligini ifodalovchi ramz ekanligi ta’kidlangan. Joriy yil O’zbekistonda Davlat bayrog’i qabul qilinganligining 31 yilligi nishonlanmoqda.

🇺🇿 O’zbekiston Davlat bayrog’idagi har bir rang va belgi chuqur ma’noga ega. Moviy rang – musaffo osmon va suv ramzidir, oq rang – tinchlik va poklik ramzidir, yashil rang – yangilanish va yoshlikni anglatadi, O’zbekistonning betakror tabiatini aks ettiradi, qizil chiziqlar – tomirlarimizda oqayotgan qon, erkinlikni sevuvchi ajdodlarimizni eslatadi, hayotiy kuch va abadiylik ramzidir.

🇺🇿 Yarim oy mamlakatda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalikni, shu bilan birga – O’zbekiston tarixida boshlangan yangi davrni anglatadi. 12 yulduz – tiniq, bulutsiz osmon, mukammallik, donolikning 12 fazilati ramzi.

Ulashing: