Farg’ona viloyati yuridik texnikumida «MUQADDASDIR VATAN BAYROG‘I!», «SHUHRATING PORLASIN TOKI BOR JAHON!» shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi “Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 31 yilligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi davlat nazorati departamenti Farg‘ona viloyat bo‘limi xodimlari Farg‘ona viloyati yuridik texnikumi talabalari bilan hamkorlikda tadbir o‘tkazdilar.
Tadbirga Farg‘ona viloyati hokimi yordamchisi S.Tangotarova ishtirok etib, bayrog‘imiz va madhiyamiz haqida yig‘ilganlarga ma’lumot berdi. Texnikum direktori M.Toshmatova, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari O.Nasritdinovalar ham o‘zlarining fikr mulohazalarini bildirdilar.
Talabalar tomonidan bayroq, madhiya haqidagi chiqishlar ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube