Siz konstitutsiyani bilasizmi? ko’rik tanlovi boshlabdi.

Har bir davlat oʻz istiqlol va taraqqiyot yoʻlini tanlar ekan, xalq farovonligini taʼminlashga xizmat qiladigan eng muhim maqsad va vazifalarini oʻzining Konstitutsiyasi-Asosiy qonunida mastahkamlab oladi.

Konstitutsiyamizning 30 yilligi munosabati bilan texnikumning bibrinchi bosqich oʻquvchilari oʻrtasida «Siz konstitutsiyani bilasizmi?» koʻrik tanlovi oʻtkazilishi belgilangan. Shu munosabat bilan joriy yilning 1-7- dekabr kunlari jamoalar oʻrtasida saralash hamda final bosqichi oʻyinlariga start berildi.

Bugun boʻlib oʻtgan tanlovda texnikumning 20-22 guruhining «Adolat» va 23-22 guruhining «Qalqon» hamda 24-22 guruhining “Jastis “ jamoalari ishtirok etishdi. Tanlov Nizomida ko‘rsatib o‘tilgan shartlar bo‘icha qizg‘in bellashuv natijalariga ko‘ra «Jaсtis» jamoasi gʻoliblikni qoʻlga kiritib, final bosqichiga yoʻllanmani qo’lga kiritdi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: