Joriy yilning 6-dekabr kuni Farg’ona shahridagi «Central asian medical university» xalqaro tibbiyot universitetida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30-yilligiga bag’ishlangan seminar bo’lib o’tdi.
Seminarda O’zbekiston Ekologik partiyasi Farg’ona viloyati partiya tashkiloti raisi Maxmudov Muhammadali Xalilovich va Farg’ona viloyati yuridik texnikumi «Monitoring va ichki nazorat» bo’limi boshlig’i Isomiddinov Hokim Jo’raboyevichlar Farg’ona viloyatidagi ekologik muhit, atrof muhitni muhofaza qilish, shuningdek shu sohadagi konstitutsiya moddalari va ushbu moddalarga taklif etilayotga qo’shimcha va o’zgartirishlar haqida ma’ruza qildilar.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube