🏛 Farg‘ona viloyati yuridik texnikumi direktorining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari Nasretdinova Oltinoy Po‘latovna “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

🔹 O.Nasretdinova uzoq yillar davomida yuridik ta‘lim tizimida samarali mehnat qilib kelmoqda. Uning o‘z ishiga bo‘lgan mehri, sadoqati, shijoati va mas’uliyatini alohida e’tirof etish zarur. Shuningdek, yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirish, Mustaqil yurtimiz ravnaqi uchun o‘z hissasini qo‘shadigan yetuk huquqshunos kadrlarni tayyorlashdagi samarali mehnatlari tahsinga sazovordir.

🔹 Hukumatimiz tomonidan uning kamtarona mehnatlarini e’tirof etgan holda ushbu ko‘krak nishoni bilan taqdirlanishi Farg‘ona viloyati yuridik texnikumi jamoasiga berilgan yuksak mukofot sifatida baholandi.

🔹 Oltinoy Po‘latovnani ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy qutlab, kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Ulashing: