🏛 Joriy yilning 16-dekabr kuni texnikumning “Umumta’lim fanlari” kafedrasi o’qituvchisi N.Qurbonova tomonidan 1-bosqich “Davlat-huquqiy faoliyati” yo‘nalishi 20-22 guruhida “Taqdimot yaratishga qo’yiladigan talablar. Ta’sirchan nutq” mavzusida ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazildi.

🔹 Dars masg‘uloti huquqiy axborot texnologiyalari fani òqituvchisi F.Asanav ishtirokida binar shaklda tashkillandi.

🔹 Ochiq dars davomida interfaol usullar, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanildi.

🔹 Shuningdek, mavzuga oid slaydli taqdimotlar hamda video rolik namoyish etildi.

N.Qurbonova tomonidan taqdimot matniga qo’yiladigan talablar batafsil tushuntirilgach, F.Asanov oquvchilarga slaydli taqdimotni yaratish yo’llari va usullarini o’rgatdi.

Shundan so’ng oquvchilarga kompyuterda “MS Power point” dasturida taqdimot yaratish bo’yicha amaliy topshiriq berildi.

Dars davomida mavzu yuzasidan bahs-munozara, vaziyat kazuslarining yechimini topish yuzasidan amaliy ishlar bajarildi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: