Joriy yilning 22-23-dekabr kunlari Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan Adliya vazirligining “Olmos” konvension markazida Adliya vazirligi yuridik texnikumlari o‘quvchilari o‘rtasida “Jinoyat va fuqarolik ishlari bo‘yicha namunaviy sud protsessi ” tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.
Ma’lumot uchun mazkur tanlov Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining
2022-yil 6-apreldagi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlari o‘quvchilari o‘rtasida “Jinoyat, fuqarolik, iqtisodiy va ma’muriy sud ishlari bo‘yicha namunaviy sud protsessi” tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi 55-um-son buyrugʻi bilan tanlov nizomi tasdiqlangan.
Ushbu nizom talablariga muvofiq hududiy va mintaqa bosqichlarida yuqori natijalarni qayt etgan va tanlov hakamlar hay’atining yakuniy xulosalariga ko‘ra respublika bosqichiga tavsiya etilgan jamoalar tanlovda qizg‘in bahslarga kirishdi
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube