Joriy yilning 20-yanvar kuni texnikumda O’zbekiston Respublikasi adliya vazirining tegishli buyrug’iga asosan “Yilning eng yaxshi o’qituvchisi” tanlovi bo’lib o’tdi.

Mazkur tanlovning o’tkazishdan maqsad O’zbekiston Respublikasi adliya vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalari o’qituvchilari davlat va jamiyatda yetuk, yosh va raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va intellektual salohiyatini oshirish hamda ularga o’z iqtidorlarini namoyon etishga imkoniyatlar yaratish, o’qituvchilarda tashabbuskorlik, fidoyilik fazilatlari va jamoatchilik qobiliyatini qaror toptirish, o’z kasbini sevish, ilm-fanga ishtiyoq va yurt kelajagiga daxldorlik tuyg’ularini yuksaltirishdan iborat.

Tanlov komissiyasi a’zolarining yakuniy xulosalariga asosan:

1-o’rinni “Mehnat huquqi” fani o’qituvchisi Mirjavxarova Feruza Usmonjonovna

2-o’rinni “Mehnat huquqi” fani o’qituvchisi Jiyanova Shohida Maxsumovna

3-o’rinni “Fuqarolik huquqi” fani o’qituvchisi Hashimov Ravshan Rayimjonovichlar g’olib deb topildilar.

1-o’rinni egallagan F.Mirjavharova mazkur tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish uchun yo’llanmani qo’lga kiritdi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: