⚖️ Davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, advokatura hamda boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda o‘quvchilarni nazariy bilimlarining amaliyot bilan uygunligini taminlash maqsadida joriy yilning 31-yanvar kuni texnikumning “Yuridik klinika” rahbari D.Qayumova boshchiligida 2-bosqich “Yuridik xizmat” yo‘nalishi 14-21 guruhi o‘quvchilari Farg‘ona viloyati ma’muriy sudiga tashrif buyurdilar hamda “Ma’muriy sud faoliyati va undagi islohotlar” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Farg‘ona viloyati ma’muriy sudi raisi D.Maxamatov so‘z olib, O’zbekiston Respublikasining sud tizimidagi oxirgi islohatlar shu bilan birga qonunchilik tizimiga o’zgartirishlar kiritilayotganligi, barcha islohatlarning zamirida inson manfaati nazarda tutilayotganligi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

🔹 Texnikum o’quvchilari tomonidan berilgan sud-sohasiga oid bo’lgan savollarga D.Maxamatov to‘laqonli javob berib o‘tdi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: