Joriy yilning 6-fevral kuni Farg’ona viloyati yuridik texnikumida viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari ishtirokida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvar kunidagi “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo’naltirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-10-son qarorining mazmun mohiyati yuzasidan seminar-uchrashuvi bo’lib o’tdi.

Mazkur seminarda Farg’ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi jamoat xavfsizligi xizmati jamoat tartibini saqlash boshqarmasi patrul post xizmati batalioni kadrlar guruhi inspektori katta leytenant Alijonov Abbos Maxammadjon o’g’li ishtirok etib, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026 yillarga mo’jallangan yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to’g’risida”gi PF-60-son farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, ichki ishlar organlarini aholining ishonchli professional tuzilmaga aylantirish, ularning fuqarolar, jamoat tashkilotlari xamda keng jamoatchilik bilan yaqin hamkorlikda, o’zaro ishonch va hamjihatlik ruhida ishlashini ta’minlash, mahallalar, aholi turar-joylarini va butun yurtimizda qonun ustuvorligi, tinchlik-osoyishtalikni yanada mustaxkamlash maqsadida qabul qilingan qarorda nazarda tutilgan iqtiboslarga allohida to’xtalib o’tdi.

Shundan so’ng yuridik texnikum o’quvchilari tomonidan ichki ishlar organlari tizimi va faoliyatlariga oid bo’lgan savollariga javob berildi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: