Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash, ularning hayotga ijtimoiy moslashuvini taʼminlash sohasida tubdan yangi tizim yaratilgan. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-avgustdagi PF-6275-son Farmoni, PQ-5215-sonli qarori, PQ-5216-son qarori, Bolalar masalalari boʻyicha komissiyalar faoliyatini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-iyuldagi 363-son qarori bilan “Bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiya toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlangan.

Shu munosabat bilan joriy yilning 8-fevral kuni texnikumning birinchi va ikkinchi bosqich o‘quvchilari o‘rtasida “Bolalarga qarshi zo‘ravonlikni oldini olish” mavzusida rasmlar chizish tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Tanlov natijalariga ko‘ra quyidagi o‘quvchilar faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritdilar:

1-o‘rin “Davlat-huquqiy faoliyat” yo‘nalishi 21-22 guruhi o‘quvchisi Ikromova Dilafruz Ilxomjon qizi;

2-o‘rin ‘Yuridik-xizmat” yo‘nalisining 14-21 guruhi o‘quvchisi Anvarova Zebiniso Ilxomjon qizi;

3-o‘rin “Sud-huquqiy faoliyati” yo‘nalishining 16-21 guruhi o‘quvchisi Umarova Nozima Dilshodjon qizi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: