Joriy yilning 9-fevral kuni buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkir, davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher Navoiyning tavalludining 582 yilligi munosabati bilan “Navoiy – she‘riyat mulkining sultoni” deb nomlangan ma‘naviy-ma‘rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida Alisher Navoiy qalamiga mansub g‘azal, ruboiy, tuyuqlarni yod aytdilar, shuningdek, shoirning hikmatli so‘zlarini ifodali o‘qidilar. Bundan tashqari Alisher Navoiyning ijodiga bag‘ishlab texnikum ustozlari tomonidan tayyorlangan videorolik namoyish etildi. Ayniqsa “Yosh aktyorlar” klubi tomonidan tayorlangan sahna ko‘rinishlari tomoshabinlarda kata ta‘surot uyg‘otdi.
Tadbir so‘ngida “Mubtalo bo‘ldim sanga” g‘azallari bilan mumtoz qo‘shiqlar hamda milliy cholg‘u – dutorda mumtoz kuy ijro etildi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube