Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 3-fevraldagi 4-son majlis bayoniga asosan mamlakatimizda 11-fevral – “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni”deb belgilangan. Shu munosabat bilan texnikumning axborot-resurs markazi xodimlari tomonidan filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, shoira, olima, Navoiy 580 yilligi medali sovrindori Muqaddamxon Ehsanova bilan ijodiy uchrashuv tashkillandi. Uchrashuv davomida Muqaddamxon Ehsonova o‘zining ijod yo‘liga kirib kelishi va erishgan yutuqlari haqida maroqli so‘zlab, Ilm-fan sohasidagi qiz-ayollar uchun bugungi yaratilgan imkoniyatlar haqida alohida to‘xtaldi, hamda o‘z ijod namunalaridan o‘qib berdi.Ijodiy uchrashuv yakunida o‘quvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.


Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: