✅ Fargʻona davlat universitetining “Harbiy fakultetida” “Faxriy ustozlar – yoshlarga oʻrnak” shiori ostida “Uch avlod uchrashuvi” oʻtkazildi.

Tadbirda DXX Chegara qoʻshinlari faxriylari, harbiy xizmatchilar, Fargʻona shahridagi 27-sonli umumtaʼlim maktabi qoshida tashkil etilgan “Turon patriot” harbiylashgan sinf oʻquvchilari hamda texnikumimizning oʻquvchi-yoshlari ishtirok etdilar.

🧩Tadbirda soʻz olgan faxriylar Vatanni himoya qilish sharafli va masʼuliyatli vazifa ekanini alohida taʼkidlab, oʻzlarining koʻp yillik boy xizmat tajribalarini ishtirokchilar bilan oʻrtoqlashdilar.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: