💐💐 Ayollarni, qizlarni bahorga qiyoslashadi, bahorni ularga. Go`zallik, nafosat, yangilanish, hayot davomiyligi bahor va ayol tushunchalarida uyg`unlashib ketadi.
🌸🌺 8-mart Xotin-qizlar bayrami go`zal va betakror yurtimizga bahor nafasi kirib kelganidan darak beradi.
🌹🌹 Ayol azaldan mehr-shafqat va sadoqat timsoli bo`lib kelgan. Ayol deganda ko`z o`ngimizda avvalo, ulug` va tabarruk ona siymosi gavdalanadi. Inson zoti borki, olamdagi barcha yaxshilik va ezguliklarni, hayot siru-asrorlari va saboqlarini onaning mehru-sahovati tufayli o`rganadi.
🌺🌸 Ayol borki, olam munavvar, ayol borki, hayot go`zal va maftunkor. Inson, oila, ayol tushunchalarini bir-biridan ajralgan holda tasavvur etib bo`lmaydi.
Bahorning ilk kunlari bayramdir sizga,
Bahor kabi begʻubor mushtipar ayol.
Boʻling doim salomat siz baxtimizga,
Siz bilan hayot shirin, shirindir hayol.
💐💐 Barcha ayollarimizni 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bilan samimiy muborakbod etamiz!
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube