«KORRUPSIYA DAVLATNI YEMIRUVCHI, INSONLARNI TUBANLASHTIRUVCHI ILLAT» mavzusida maqola chop etildi

KORRUPSIYA DAVLATNI YEMIRUVCHI, INSONLARNI TUBANLASHTIRUVCHI ILLAT

Ne’matjonova Rayhona Nozimjon qizi

Farg’ona viloyati Yuridik texnikumi “Davlat-huquqiy faoliyati” yo’nalishi 21-22 guruh o’quvchisi

Annotatsiya:Ushbu maqolada korrupsiya so’ziga qisqacha ta’rif berildi.Korrupsiyaning tarixiy o’zaklarini qadimga borib taqalishi,o’sha davrda qanday holatda bo’lgani haqida.Korrupsiya haqida Qur’oni karimda keltirilgan oyat va suralar.Boshqa davlatlarda korrupsiyaning holati va unga qarshi kurashish haqida ma’lumotlar beriladi.

Kalit so’zlar: korrupsiya,tarixiy o’zak,rivojlanish,davlat apparati, markaziylashuv, poraxo’rlik, halollik standartlari, axborot platformasi, yangi nizom.

Korrupsiya bu-jamiyatni turli yo’llar bilan iskanjaga oladigan daxshatli illatdir. Mazkur
illat demokratiya,huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga to’sqinlik qiladi,hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik,terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib beradi.Ta’kidlab o’tish o’rinliki, ushbu zararli hodisa kata va kichik, badavlat va kambag’al bo’lishidan qat’i nazar, barcha mamlakatlarda uchraydi. Ushbu zararli illatni bartaraf etish bo’yicha jahon hamjamiyati tomonidan bir qator samarali ishlar amalga oshirilayotgan bo’lsada, hanuzgacha u bartaraf etilmayapti.

Men quyida korrupsiyaning tarixiy ildizlariga va unga qarshi kurashish xususida fikr
yuritmoqchiman. Ko’p holarda bu atama siyosiy elitadagi byurokratik apparatga qarata
ishlatiladi. Korrupsiya (lot.Corrumpere-buzmoq termini odatda mansabdor shaxslar
tomonidan unga berilgan mansabdor shaxslar tomonidan unga berilgan mansab vakolatlari va huquqlardan o’zlarining shaxsiy manfaatlarini ko’zlab qonunchilik va axloq qoidalariga zid ravishda foydalanishni anglatadi. Korrupsiya ko’plab davlatlarning jinoyat va ma’muriy qonunchiligi bilan huquqqa qarshi harakat sifatida ta’qib qilinadi. Korrupsiyaning tarixiy o’zaklari juda qadimga borib taqalib, bu hol qabilada ma’lum mavqega ega bo’lish uchun qabila sardorlariga sovg’alar berish odatidan kelib chiqqan deb taxmin qilinadi. O’sha davrlarda bu normal holat sifatida qabul qilingan. Biroq davlat apparatining murakkablashuvi va markaziylashuvi korrupsiyaning davlat rivojlanishiga katta to’siq ekanligini ko’rsatdi. Korrupsiyaning quyidagi to’rt asosiy sababini keltirish odat tusiga kirdi:

1. SHaxsiy sabablar. Korrupsiya ”yomon” hodisa, u yaxshi ta’lim-tarbiya ko’rmaslik va
kam maosh oladigan amaldorlarning nokasligi oqibatida paydo bo’ladi.
2. Institutsional sabablar. Bunda boshqaruvning kuchsizligi asosiy omil sanaladi.
Masalan, kadrlar tayyorlash, hisobga olish va nazorat qilishning samarasizligi,
mansabdorlarni yollashning osonligi va ularni oson ishdan haydash ularda uzoq vaqt mansaba turishga ishonchsizlik paydo bo’lishi kabilar korrupsiyani rag’batlantiruvchi
omillardir.
3. Tizimiy sabablar. Hukumat ba’zan jamiyatning shunday talablariga duch
keladiki, ularni bajarishning rasmiy tartiblari hali aniq ishlanmagan bo’ladi yoxud ular ko’p miqdorda mag’lub talab etadi va aksar xolda uzoq muddatlarga cho’ziladi. Shunday holatlarda korrupsiyaga to’g’ridan-to’g’ri va qisqa yo’llar ochiladi.

4. Ko’p tomonlama sabablar.Ba’zan davlat rahbariyatining o’ziga xos xulqi tufayli
davlat boshqaruvida hal qiluvchilik rolini “shaxsiy” omillar bajaradi. Bunday sharoitda davlat mansablariga ishonchga sazovar odamlar tayinlangan taqdirda ham institsional va tizimga oid muammolar sabab korrupsiya ko’payadi. BMT ma’lumotlariga ko’ra, hozir dunyoda har yili 1 trillion AQSH dollari hajmida pora beriladi. Jahon iqtisodiyoti har yili korrupsiya tufayli 2,6trillion dollar mablag’dan ayriladi, bu jahon yalpi ichki mahsulotining 5 foizidir. BMT Bosh kotibining bildirishicha “Korrupsiya odamlarni maktab, kasalxonalardan mahrum qiladi, investorlarni vahimaga solidi, tabiiy resurslar talon-tarij bo’lishiga sabab bo’ladi, boshqaturli jinoyatlar paydo bo’lishiga shart-sharoit yaratadi. Korrupsiya haqida ko’plab yozuvchilarning o’z asarlarida ham keltirilib o’tilgan. Abu Nasr Farobiy “Fozil odamlar shahri’’ asarida fuqarolik jamiyatini qurishda to’g’anoq bo’ladigan muammolardan biri korrupsiyadir, deb qayd etgan.

5. Korrupsiya bir necha ming yillik tarixga ega.Yozma manbalarda korrupsiya haqida
eramizdan avvalgi SHumer podsholigi davrida eslatib o’tiladi. Korrupsiya bizning
kunlargacha yetib kelganligi shundan dalolat beradiki, boshqa illatlar kabi, uni ham tag-tugi bilan yo’qotib bo’lmaydi. Hatto rivojlangan g’arb davlatlari ham korrupsiyadan butkul xalos bo’lolmagan. Biroq jamiyat rivojiga xavf soluvchi korrupsiyaning oldini olish, unga qarshi kurashish Yer yuzidagi barcha davlatlarda hamisha va hamma zamonda davom etgan. Qur’oni karimda poraxo’rlik bevosita taqiqlanadi:’’Bir-birlaringizning mollaringizni botil yo’li bilan yemang. Bilib turib odamlarning mollaridan bir qismini yeyishingiz uchun uni hokimlarga gunohkorona tashlamang’’.(Baqara surasi, 188-oyat).

Aholi huquqiy ongining, savodxonligining pastligi-aholi tomonidan qonunlarni
bilmaslik yoki tushunmaslik mansabdor shaxsga o’zining shaxsiy manfaati yo’lida
qonunlardan foydalanishga qulay sharoit yaratadi. CHuqurroq o’ylab qarasak korrupsiya va unga bog’liq bo’lgan iqtisodiy va siyosiy vaziyatida taraqqiyotiga to’sqinlik qiluvchi asosiy xavf manbai, xavfsizlikka tahdid hisoblanadi. Korrupsiyadan ko’rilayotgan zararning ko’lami cheksiz.

Global moliyaviy oshkoralik tashkiloti ma’lumotlariga ko’ra, 2001-yildan 2010-yilga
qadar dunyoning 150 rivojlanayotgan davlatida 6 trillion dollarga yaqin pul korrupsiya bois ko’kka sovurilgan. O’tgan 10 yil davomida bu o’lkada 2,75 trillion dollar noqonuniy oldiberdi uchun sarflangan.Bu ko’rsatkichlar pasayishi uchun har birimiz bu illatga qarshi kurashishimiz zarur. Islom dinida ham pora harom qilingan,bu borada hadislar ham juda ko’p. Ulardan biri Payg’ambarimizning mana bu qarg’ishlaridir: ”Pora beruvchiga ham, pora oluvchiga ham,ikkovi orasida yurib porada vositachilik qiluvchini ham Alloh la’natlasin!”.
Alisher Navoiyning zamondoshi,podshoh Husayn Boyqaroning voizi Husayn Voiz
Koshifiy o’zining”Axloqi muhsiniy”asarida shahzodaga nasihat tariqasida quyidagi pandni bergan edi:

“Ummollardan (ish yurituvchi amaldorlar)pora olishdan ehtiyot bo’lsin.Bilsinki,to bir
kishi boshqalardan pora olmasa, boshqaga pora bermaydi. Agar vazir pora olishga sabab bo’lsa, pora olishga ruxsat bergan bo’ladi. Pora berish va pora olish xaromdir. Va pora olgan pora bergandan yomonroq bo’ladi, chunki oluvchi beruvchi oldida zabun bo’ladi”.
Shuni unutmaslik kerak: pora olgan va pora bergan inson hech qachon jannatga
kiritilmaydi va albatta, do’zaxiy bo’ladi. SHuning uchun ham, har birimiz halol mehnat
qilishimiz, o’z bilim, kuch-g’ayratimizni sarflashimiz kerak. Bugungi kunga kelib, oliy ta’lim tizimida, sog’liqni saqlash tizimida, davlat xaridlari sohasida va boshqa sohalarda ham bu illatga qarshi kurash olib borilyapti. Korrupsiya balosidan qutulish, islohotlarni uning changalidan ozod etish haqida hammamiz o’ylashimiz buning zaruratini har birimiz yuragimizdan o’tkazishimiz kerak, unga kurashishimiz kerak. Bu qarshi qat’iy kurashishimiz kerak.

Bu kurash kundalik hayotimizdagi oddiy holatlardan boshlanadi. Xalqimizda “Kasalni
davolagandan ko’ra uning oldini olgan afzaldir’’ degan naql mavjud. Jamiyatimizdagi har qanday jarayonga loqayd munosabatda bo’lmaslik barchamizning ustuvor burchimizdir..
Barchamiz birgalikda bu illatga qarshi kurashaylik!

Jorj Richard Marekni korrupsiya haqida shunday jumlalari bor; ”Har brimiz Vatanimiz taraqqiyoti uchun korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz!

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1. Korrupsiyaga qarshi kurashish‖ to‘g‘risidagi qonunchilik palatasi tomonidan
2016-yil 24-noyabr qabul qilingan, senat tomonidan 2016-yil 13-dekabr maqullangan

2. https://anticorruption.uz/en

3. https://naqshband.uz

4. http://uzmarkaz.uz

5. SH.M.Mirziyoyevning 2020-yil 24-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qilgan murojaatnomasi



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: