Joriy yilning 7-aprel kuni texnikumning ikkinchi bosqich oʻquvchilarining ota-onalari uchun yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda «O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi mazmuni, o‘quvchilarning oʻzlashtirish natijalari va bitiruv imtihonlarining oʻtkazilish tartibi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 705-son qarori mazmun-mohiyati, texnikum oʻquvchilariga yaratilayotgan imtiyozlar va qaror ijrosini taʼminlash yuzasidan texnikumda olib borilayotgan islohotlar hamda amaliyot davrida o‘quvchilarning texnika xafsizligiga rioya qilishlari hamda bitiruvchilarning bandligini ta’minlash bo‘yicha fikr almashishilindi. Qolaversa oʻquvchilarning texnikum ichki tartib va odob-axloq qoidalariga rioya etishlari hamda oʻquvchilar turar joyida va ijarada yashovchi o‘quvchilarva yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida ham to’htalib o‘tildi.
Bundan tashqari tashrif buyurgan ota-onalarga xushkayfiyat ulashish maqsadida besh tashabbus doirasida tashkil etilgan “Yosh aktyorlar” klubi a‘zolari tomonidan badiiy chiqishlar ham tashkil etildi.
Yig‘ilish yakunida ota-onalar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga rahbariyat tomonidan batafsil javob olib qo‘shimcha ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube