♻️ Prezidentimiz tomonidan yoshlarimizga yaratilayotgan shart-sharoitlardan unumli foydalangan holda texnikumning 1-bosqich » Sud-huquqiy faoliyat » yoʻnalishi, 23-22 guruh oʻquvchisi Abdusalomov Avazbek Abdulhamid o‘g‘li oʻzining iqtidori, serqirra faoliyati bilan turli sohalarda oʻtkazilgan konfirensiyalarda koʻplab yutuqlarni qoʻlga kiritmoqda.
🔹 Jumladan, Finland, Helsinki “SUSTAINABILITY OF EDUCATION SOCIO-ECONOMIC SCIENCE THEORY” xalqaro elektron-onlayn konferensiyalar jurnalining 7-aprel 8-sonida “Davlat faoliytida ijtimoiy tarmoqlarining o`rni va jamiyatda ijtimoiy tarmoq foydalanuvi va intrnetning kelib chiqishi” mavzusidagi maqolasi chop etildi.
DAVLAT FAOLIYTIDA IJTIMOIY TARMOQLARINING O`RNI VA JAMIYATDA IJTIMOIY TARMOQ FOYDALANUVI VA INTRNETNING KELIB CHIQISHI
Annotatsiya: Jamiyatda insonlar turli intrnet tarmoqlaridan foydalanishadi, ammo ulardan to`g`ri foydalanishni bilishadimi. Men ushbu maqolamda jamiyatdagi insonlarga intrnet qayerdan kirib kelgani va davlat undan nima maqsadda foydalanishi va jamiyatdagi insonlar davlatning ustidan noto`g`ri fikrlarni aytishi va ularni qanday tartibga solishi haqida yozildi.
Kalit so`zlar: impulsivlik(taʼsirchanlik), Berlin Ozod universiteti, feyk (yolg‘on), populizm, manipulyatsiya internet-bulling, samosud, Classmates, globallashuv, mediasavodxonlik .
Ma`lumotlarga ko`ra bir kunda o`rtacha 3 soat vaqtimizni ijtimoiy tarmoqlarga yoki bu mazmundagi axborotni qidirishga sarflaymiz. Ijtimoiy tarmoq o`zi nima? Unda yurist faoliyatida qanday foydalanish mumkin?
Ijtimoiy tarmoq – Jamiyatdagi turli guruhlarning aloqasi uchun hizmat qiladigan onlayn servis, sayt yoki platform.Intrnet tarmog`idagi dastlabki ijtimoiy tarmoqlarning paydo bo`ishi intrnet ixtro qilingan 1969-yilga borib taqaladi.
Birinchi to`laqonli ijtimoiy tarmoq 1995-yilda Amerikalik R.Konrads tomonidan ishlab chiqilgan Classmates.com saytdir. Dastlab tor guruh ichida aloqa o`rnatish uchun ishlatilgan ushbu saytda AQSH va Kanada fuqarolaridan iborat 50 milliondan ortiq foydalanuvchi ro`yhatdan o`tgan. Ushbu tarmoq bugunga kelib Shvetsiya, Germaniya, Avstriya hamda Fransiya aholisi foydalanmoqda. Mazkur sayt analogini intrnetning rus segmentida yaratilgan “Odnoklasniki.ru”(OK.ru) tarmog`ida ham ko`rish mumkin.
Zamonaviy jamiyatda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishning asosiy afzalligi, shubhasiz muloqot erkinligidir. Millionlab odamlar o`rtasidagi ijtimoiy munosabatlar fuqarolik jamiyatini barpo etishda muhim omil hisoblanadi. Ijtimoiy tarmoqlar turli masalalarda odamlar bir biriga ko`mak beradigan maydonchaga ham aylandi. Masalan, bedarak yo`qolgan shahslarni topish, yurist maslahatlari, og`ir kasallar uchun mablag` yig`ish, tadbirlar va aksiyalar tashkil etish, qolaversa, biznes aloqalarini o`rnatishda chet ellik investrlar bilan suhbat olib boorish uchun maydon vazifasini bajarmoqda. Onlayn murojaat, muloqot va munozaralar kabi intrnetning ko`plab imkoniyatlaridan samarali foydalangan holda davlat hokimiyati va boshqaruv organlaridan zarur ma`lumotlarni tez olish, mas`ul idoralar rahbarlari bilan to`g`ridan – to`g`ri muloqot qilish ko`pdan buyon aholini qiynab kelayotgan muammolarning yechlishiga turtki bo`lmoqda. Davlat hokimiyati mansabdorlari ijtimoiy tarmoqlarda o`z sahifalariga ega bo`lishi va ular yordamida aholi bilan ochiq muloqotga kirishishiga oid ko`plab misollarni ko`rmoqdamiz.
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari rahbarlari yoki ularning matbuot kotiblari jamiyat hayotning eng muhim masalalari yuzasidan ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoq orqali aholiga tezkor va muntazam ravishda axborot taqdim etib borishlari zarur. Chunki bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar muloqot maydoni bo`lib borishi bilan bir qatorda turli axborot va yangliklar, ma`lumotlar almashish vositasi hamdir. Tabiiyki bu jarayonda axborotni noto`g`ri, noxolis yoki tushunmasdan talqin qilish va tarqatish holatlari ham uchrab turibdi. Bu esa o`z navbatida, turli soha vakillarning xizmat mavqeyiga putr yetishiga, olib borilayotgan siyosatga nisbatan ishonchsizlik uyg`onishiga sabab bo`luvchi omillardan biri hisoblanadi.
Axborot-u qanday bo`lishidan qat`i nazar hozirgi kunda odamlarga ta`sir o`tkazish nuqtai nazaridan olib qaraydigan bo`lsak, uning ahamiyatni qurolli kuchlarga tenglashtrish mumkin. Shu bois davlat hokimiyatni saqlab qolish uning legitimligni ta`minlash uchun intrnet tarmog`i orqali hamkommunikatsiyani nazoratga olish zamon talabidir. Davlat axborot makonida nazoratni o`rnatsa-da, ijtimoiy tarmoqlar nazoratni buzishi va muvozanatni o`zgartrishi mumkin. Ijtimoiy tarmoqlarda insonlar turli maqsadlarda foydalanadi va muloqot qilishadi.
Hozirgi kunda Intrnet bu bizga do`st ko`rinishida bo`lib orqamizdan pichoq sanchiydigan ajdarho desak mubolag`a bo`lmaydi, insonlar undan foyda ham zarar ham ko`rishi mumkin ammo biz uning tub-tubiga qanday kirib qolayotganimizni bilmay qolyapmiz uning haqiqatdan ko`ra yolg`oni ko`pligni bilamiz ammo shuni bila turib undan foydalanamiz ho`sh bu bizga nima bermoqda foydami yoki zarar. Intrnet tarmog`idagi o`yinlar insonlarni o`ziga tortuvchi yana bir kuchli vositalardan biridir.
Ijtimoiy tarmoqlarda oʻtiradigan yoki smartfondagi oʻyinlarni yaxshi koʻradigan odamlar impulsivlik(taʼsirchanlik), oʻzini boshqarishning buzilishi va zudlik bilan mukofotlanishga talpinish bilan ajralib turadi, deb yozadi Praym agentligi Berlin Ozod universiteti olimlariga asoslangan holda. Tadqiqotda 101 koʻngilli ishtirok etgan va bu olimlarga 10 kun davomida ularning smartfonidan maʼlumotlarni toʻplashga imkon bergan. Tadqiqot ishtirokchilarining barchasi qator test va topshiriqlardan oʻtishgan, olimlar shu tariqa ularning oʻz-oʻzini nazorat qilishlari va mukofotlanishga nisbatan munosabatini baholashgan. Aniqlanishicha, telefonda koʻp vaqtini oʻtkazadigan ishtirokchilar keyin katta mukofotni olgandan koʻra, hozirning oʻzida kichik mukofotni tanlashga moyil ekan. Taʼkidlanishicha, ular telefondan foydalanish vaqtida yoki oʻyin oʻynayotgan yoki ijtimoiy tarmoqda oʻtirgan boʻladilar. Oʻz navbatida, oʻz-oʻzini boshqarish boʻyicha yuqori darajani koʻrsatgan tadqiqot ishtirokchilari smartfonda ancha kam vaqt oʻtkazgan.
Mualliflarning aytishicha, tadqiqot natijalari smartfondan foydalanish va gʻayri tabiiy ravishda qaror qabul qilish oʻrtasidagi bogʻliqlik borasida tobora soni ortib borayotgan dalillarni toʻldirgan. Ular, bu singari impulsivlik, maqsadga erishish uchun qulay boʻlmagan xulq atvorga taʼsir qilishi mumkinligini taʼkidlashmoqda.Yana boshqa tarafdan esa odamlar o`rtasida tarqalgan Instagram, tik tok, skype, facebook va boshqa tarmoqlar.Bugun ijtimoiy tarmoqlar aholining hokimliklar bilan muloqot qilishlari uchun maydon vazifasini o‘tamoqda, u yoki bu hujjatlar, hodisalar va jarayonlar bo‘yicha jamoatchilik fikrini o‘rganishda foydalanib kelinmoqda.
Xususan, fuqarolar mansabdor shaxslarga ularning shaxsiy va u ishlaydigan davlat organining sahifalari orqali murojaat qilmoqda, ijtimoiy-iqtisodiy muammolari bo‘yicha ochiq fikr bildirmoqda,deb yozadi«Yuksalish» umummilliy harakati axborot xizmati. Qayd etilishicha, ko‘p hollarda bu muammolarga blogerlar, alohida internet-nashrlar, ijtimoiy tarmoqlarning minglab foydalanuvchilarining faol fuqarolik pozitsiyasi tufayli o‘zaro maqbul yechimlarni topishga erishilmoqda.
Britaniya siyosatchisi Uinston Cherchil aytganidek: «Haqiqat ishtonini kiyguncha, yolg‘on dunyoning yarmini aylanib chiqishga ulguradi». Pandemiya davrida mish-mishlar va asossiz axborotlar tarqalishi odamlar orasida vahima uyg‘otadi. Masalan, ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Yunusobod tumanida o‘g‘rilar narkotik modda shimdirilgan tibbiy niqoblarni tarqatayotgani, O‘zbekiston bo‘ylab vertolyotlarda dezinfeksiya ishlari amalga oshirilishi haqidagi yolg‘on xabarlar, karantin paytida har bir yurtdoshlarimizga haftasiga 300 ming so‘mdan berilishi, pandemiya sabab kirish imtihonlari bekor qilinishi va boshqa shu kabi mish-mishlar tarqaldi.
Davlat tuzilmalari bularning barchasini rad etdi va fuqarolarni yolg‘on axborotlarni tarqatishdan avval ma’lumotlarini tekshirishga chaqirdi. Yana bir jihat borki bu — feyk, ya’ni soxta akkauntlar. Tarmoqlarda o‘z fikrlarini ochiq bayon qilishga, yangi tashabbus va takliflarini bildirishga tayyor fuqarolar bilan birga “trollar” deb ataladiganlar ham tez-tez maydonga chiqishadi. Ular o‘ylab topilgan ismlar ostiga yashirinib, kinoyali postlar yoki jamoatchilik ongini boshqarishga urinuvchi ochiq yolg‘onlarni tarmoqlarga joylaydi. Izohlarda esa ko‘pincha adabiy tilda yozishmaydi, shaxsga o‘tadi, odamlarni obro‘sizlantirishga, adovatni avj oldirishga harakat qilishadi. Bu tartibsizlik va g‘alayonlarga, moliyaviy zarar ko‘rishga olib kelishi mumkin. Misol uchun, Zambiyada aholining 80 foizini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi «ZESCO» davlat kompaniyasi Xitoyga sotilishi haqidagi yolg‘on xabar Internetda tarqalgach, minglab odamlar ko‘chaga chiqishdi.
Davlat organlari faoliyatida, ular ta’minlayotgan ma’lumotning ochiqligi va shaffofligi muhim. Murojaatlar bilan ishlash tizimini rivojlantirishga hamda rasmiy manbalarning transparentligiga zarurat bor.Bunda davlat tuzilmalarining matbuot xizmatlari asosiy rol o‘ynaydi. Ular fuqarolarni axborot bilan ta’minlashi, ularning murojaatlariga, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlar orqali yuboriladigan so‘rov va izohlariga, o‘z vaqtida javob qaytarilishiga ko‘maklashishi kerak. Aks ta’sirning asosiy faktorlarini tanqidiy fikrlarni shakllantirish, aholiga ma’lumotlar haqiqiyligini tekshirish — fakt-chekingga o‘rgatish tashkil etadi.
Globallashuv tubdan yangi shaklda rivojlana boshlaydi – Internet orqali inson faoliyati turli sohalarini birlashtirish usuli sifatida ishlaydi. Tarmoqning rivojlanish tendensiyasi – bu individual ehtiyojlarni qondirishga tobora to‘liq moslashish, ammo eshkak eshish jellari va bu o‘z navbatida interaktivlik erkinligi darajasining oshishiga olib keladi.
1. https://kun.uz/uz/news/2020/08/01
2. https://oz.sputniknews-uz.com/society/
3. https://www.tadqiqot.uz/index.php/soci/article/download/1239/1144
4. Ahmad To`ra “Huquq va Burch “ Ijtimoiy huquqiy ilmiy jurnali.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube