Fargʻona viloyati yurdik texnikumida “Referendum-2023. Yangilanayotgan Konstitutsiya” mavzusida targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Fargʻona shahar deputati J.Akramov, Fargʻona shahar hokimligi targʻibot guruhi aʼzosi M.Raximova, “Mashʼal” MFY raisi R.Raxmonov, MFY profilaktika inspektori F.Toʻxtasinov, MFY xotin qizlar faoli M.Rojiyeva va mahalla faoli O.Burxonovlar ishtirok etishdi.
Tadbir ishtirokchilari texnikum bitirvchilari bilan yangilanayotgan Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, yangi tahrirdagi Konstitutsiya referendum asosida bevosita xalq tomonidan qabul qilinib, toʻgʻridan-toʻgʻri amalga kiradigan ilk Asosiy qonun hisoblanishi, Konstitutsiyamizda ilk marotaba inklyuziv taʼlim uchun sharoit yaratishga oid alohida normaning belgilanayotganligi, mamlakatimizda oʻqituvchi kasbining maqomi va obroʻsini koʻtarish, muallim va ustozlarning qadri, shaʼni va gʻururini tiklash, ularning moddiy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlanishini taʼminlashni aloxida norma sifatida kiritilayotganligi, shuningdek yoshlarga berilayotgan imtiyozlar haqida batafsil toʻxtalib oʻtdilar.
Savol-javob tarzida oʻtkazilgan ushbu davra suhbatida oʻquvchilar siyosiy jarayonda faol ishtirok etishlarini mamnuniyat bilan taʼkidladilar.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube