Fargʻona viloyati yuridik texnikumida Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi va “Mintaqaviy muloqot” xalqaro tashkiloti xamkorligida bitiruvchilarni kasbga yoʻnaltirish maqsadida “Advokat va yoshlar” uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda “Yil advokati-2022 tanlovining ”Inson huquqlarining muvaffaqiyatl himoyachisi“ nominatsiyasi gʻolibi F.Jalilova, ”Mintaqaviy muloqot“ xalqaro tashkiloti PR menejeri U.Hakimov, OʻzR Advokatlar palatasi viloyat hududiy boshqarmasi xodimi X.Toʻychiyev hamda media va OAV vakillari ishtirok etishdi.

Interaktiv usulda oʻtkazilgan ushbu uchrashuvda F.Jalilova oʻz advokatlik faoliyati, bu kasbga qanday kelgani va qanday yutuqlarga erishgani, yangilanayotgan Konstitutsiyada advokatura institutiga alohida eʼtibor berilganligi toʻgʻrisida gapirgan boʻlsa, ”Mintaqaviy muloqot» xalqaro tashkiloti PR menejeri U.Hakimov oʻquvchi-yoshlarni advokatlik sohasidagi yutuqlar, advokat yoki bilimli yurist boʻlish uchun nimalarga eʼtibor qaratish lozimligi haqida fikr yuritdi.

Tashrif buyurgan OAV vakillari va oʻquvchilar tomonidan berilgan savollarga advokat tomonidan tegishli javoblar berildi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: