O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi 70-son buyrug‘i ijrosini ta‘minlash hamda umumiy o‘rta ta’lim maktabi bitiruvchilarining kasbga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish hamda ularga mehnat bozoridagi zarur kasblar bo‘yicha tushunchalar berish borasida texnikumda bir qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Joriy yilning 19-aprel kuni Farg‘ona shahrida joylashgan umumta‘lim maktab bitiruvchilari uchun “Ochiq eshiklar” kuni tashkil etildi.

Texnikumga tashrif buyurgan maktab bitiruvchilari yaratilgan moddiy texnik bazalar jumladan innovattsion xona, sud amaliyot zali, axborot resurs markazi, anjumanlar zali, faollar zali, book cafe, AKT xonasi hamda boshqa o‘quv xonalar bilan yaqindan tanishdilar hamda texnikumga oʻqishga kirish tartibi va oʻquv jarayonlari haqida batafsil ma‘lumot oldilar.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: