TDYU “Kriminalistika va sud ekspertizasi kafedrasi” professor-oʻqituvchilari tomonidan texnikum oʻquvchilari uchun onlayn darslar davom etmoqda.

Joriy yilning 20-aprel kuni Sud huquqiy faoliyat yoʻnalishi 15-21 hamda 16-21 guruhlariga Kriminalistika modulidan “Hodisa joyini koʻzdan kechirish taktikasi” mavzusida onlayn dars mashgʻulotlari oʻtkazildi.

Dars mashgʻulotlari kafedra katta oʻqituvchisi B.Xamidov hamda kafedra oʻqituvchisi R.Abdullayevlar tomonidan oʻtkazildi.

Dars mashgʻulotlari koʻrgazmali taqdimotlardan foydalanilgan holda oʻtkazilganligi oʻquvchilar uchun yanada tushunarli boʻldi.

Mashgʻulotlar suhbat va savol-javob tarzda oʻtkazildi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: