♻️ Prezidentimiz tomonidan yoshlarimizga yaratilayotgan shart-sharoitlardan unumli foydalangan holda texnikumning 1-bosqich «Yuridik xizmat» yoʻnalishi, 22-22 guruh oʻquvchisi Ergashaliyev Zuhriddin Vahobjon o’g’li oʻzining iqtidori, serqirra faoliyati bilan turli sohalarda oʻtkazilgan konfirensiyalarda koʻplab yutuqlarni qoʻlga kiritmoqda.
🔹 Jumladan, “ILM-FAN VA TA’LIM” Respublika ilmiy jurnalining 15-aprel 3-sonida “MONOPOLIYAGA QARSHI KURASH” mavzusidagi maqolasi chop etildi.
Annotatsiya: ushbu maqola monopoliya aslida nima, monopoliyaga qarshi qanday kurashish mumkin, monopolyani qanday ta’qiqlash yoki to’xtatsa bo’ladi, mamlakatimizda monopoliyaga qarshi qanday kurash olib borilayotgani va boshqa bir qator ma’lumotlar haqida.
Kalit so’zlar: qonun ustuvorligi, inson huquqlari, demokratiya, jamiyat, monopoliya, monopoliyaga qarshi kurashish, siyosiy tizim va munosabatlar, din axloqi, islom huquqi, konstitutsiya.
Hozirgi kunda dolzarb mummolardan biriga aylangan “Fight against monopoly”, “Monopoly banned” ya’ni “Monopoliyaga qarshi kurashish”, “Monopoliyani ta’qiqlash” kabi jumlalar bilan fuqarolar ko’p yuzlashmoqda.
Iqtisodiyotning bir sohasida yagona mahsulot ishlab chiqarish va uni bozorlarda erkin sotishga erishish bu monopoliya hisoblanadi ya’ni yakka hukmronlik. Monopoliya bozor munosabatlariga to’siq bo’ladi, shuning uchun hozirgi kunda butun dunyo miqyosida monopoliyaga qarshish kurash olib borilmoqda. Ammo har taraflama qudratli, iqtisodiyoti yuqori, huquqiy va siyosiy tizimi mustahkam bo’lgan davlatlar ham monopoliyagi qarshi yaxlit kuchga ega bo’lgan qonunlarni qabul qilganicha yo’q.
Nima uchun monopoliya muammosi va unga qarshi kurashish harakatlari yuzaga chiqdi?
Monopollar o’zi biznes yuritadigan bozorni nazorat qiladi, bunda ularning raqobatchilari bo’lmaydi. Agar kompaniya va bozorlarda raqobatchilar mavjud bo’lmasa, iste’molchilar ilojsizlikdan monopollardan xarid qilishga majbur bo’ladi Monopoliya shakllangan joyda narxlarni qimmatlashishi, mahsulotlar sifatining pastlashi hamda monopol kompaniya yoki ishlab chiqaruvchi ustida nazorat o’rnata olmaslik muammosi yuzaga chiqadi. Bu o’z xususida fuqarolarning huquqlari poymol qilinishiga, erkinlik va demokratiyaning cheklanishiga va juda ham ko’p e’tirozlarning kelib chiqishiga sababchi bo’ladi.
Monopoliyaga qarshi qanday kurashish mumkin?
Monopoliyani yo’q qilishning oson usullaridan biri raqobatchilarni paydo qilish hisoblanadi. Raqobatchilar paydo bo’lgandan keyin narx o’z-o’zidan pastlaydi, mahsulotlarning sifat darajasi ortadi va xizmat ko’rsatish rivojlanadi. Monopoliyaga qarshi kurashishning yana bir usuli qonun taraflama monopoliyaga nisbatan doimiy yoki ma’lum bir muddatga cheklovlar qo’yib borish va qonunni konstitutsiya darajasida mustahkamlash. Ammo monopol kompaniya mamlakat iqtisodiyotiga doimiy foyda keltirib turadi va yuqori soliqlar to’lab boradi.
Monopoliyaga qarshi kurash olib borayotgan mamlakatlar juda ham ko’p. Ular ushbu kurashda turli chora tadbirlar ishlab chiqmoqda. Monopoliya to’liq yoki bir marta hamda ma’lum muddatga cheklangan mamlakatlar va ayrim hududlar mavjud. Ular Amerika Qo’shma Shtatlari, Xitoy Xalq Respublikasi, Rossiya federatsiyasi va Vengerya (Sobiq sovet tuzumi davrida), Kuba, Bukimgem saroyidir.
Islom huquqi va din axloqi monopoliya haqida nima deydi?
Islom huquqi va din ulamolari shaxsiy monopoliyalarni yuritishga ruxsat bermaydi va qoralaydi. Chunki monopoliya insonlar uchun zarar olib keradi va jamiyatda noroziliklar keltirib chiqaradi. Islom dinining payg’ambari Muhammaad sollalohu alayhi vassalam jamoat tomonidan foydalaniladigan narsalarni shaxsiy mulkka aylantirish va uni ustidan nazorat o’rnatishni ta’qiqlagan. Yaylov Alloh va Uning Rasuliniki, shuning uchun jamoat foydalanadigan narsalar ustidan nazorat o’rnatish va shaxsiy manfaati uchun odamlar tarafidan ustunlik qilishga yo’l qo’yilmaydi. Musulmon huquqidan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, monopoliya islom olamida, musulmonlar orasida ta’qiqlanadi.
O’zbekiston monopoliyaga qarshi qanday kurash olib bormoqda?
Mamlakatimizda ham monopoliyaga qarshi kurashish bo’yicha qator islohotlar hamda chora tadbirlar olib borilmoqda. Bunga misol qilib O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” 2019-yil 14-yanvardagi PF-5630-son Farmonini va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi faoliyatini tashkil etish to’g’risida” 2019-yil 24-yanvardagi PQ-4126-son qarorini ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan qarorni aytish mumkin. Bunga yana bir misol qilib Yangi Konstitutsiya loyihasining 67-moddasini keltirish mumkin.
Davlat qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini ta’minlaydi.
Tadbirkorlar qonunchilikka muofiq har qanday faoliyatni amalga oshirishga va o’z yo’nalishlarini mustaqil ravishda tanlashga haqli.
O’zbekiston Respublikasi hududida iqtisodiy makon birligi, tovarlar, xizmatlar, mehnat resurslari va moliyaviy mablag’larning erkin harakatlanishi kafolatlanadi.
Monopol faoliyat qonun bilan tartibga solinadi va cheklanadi.
Ushbu moddadan kelib chiqib O’zbekistondagi eng katta monopol kompaniya bo’lmish “UzAuto motors”ning faoliyatiga va boshqa monopol kompaniya va ishlab chiqaruvchilarning faoliyatiga ham cheklovlar qo’yilishi mumkinligi haqida xulosa chiqarish mumkin. Yangi O’zbekiston – yangi islohotlar yurti.
Monopoliyaga kurashish jamiyatga nima beradi?
Monopoliyaning tugatilishi yoxud cheklanishi fuqarolar huquq va erkinlikarini mustahkamlash, muqobil narxda turish va sifatning yanada oshishini ta’minlaydi. Monopol kompaniyalarning kamayishi mamlakatdagi demokratik munosabatlarni mustahkamlaydi.
1. O’zbekiston Respublikasi Yangi Konstitutsiya loyihasi
3. “The Monopoly book: strategy and tactics of the world’s most popular game” Maxine Brandy 1974
4. “Monopoly rules: how to find, capture and control the world’s most lucrative markets in any bussines” Milind Lele 2005
5. “Monopoly money, and you” E.Orbanes 2017
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube