O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 24-yanvarda tasdiqlangan “Markaziy apparat tarkibiy bo‘linmalarining 2023-yilda amalga oshirishi belgilangan vazifalar bo‘yicha yo‘l xaritasi” 10-bandida yuridik texnikumlarning bitiruvchilarini yanada bandligini ta’minlashga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilanganligi munosabati bilan, mazkur topshiriq ijrosi bo‘yicha Farg‘ona viloyati yuridik texnikumida ish beruvchi idora va tashkilotlar bilan «Mehnat yarmarkalar»ini tashkil etish bo‘yicha kelishuvlar imzolangan bo‘lib, joriy yilning 27-aprel kuni viloyatdagi huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari hamda viloyat kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi ishtirokida texnikum bitiruvchi-yoshlari uchun «Mehnat yarmarkasi» tashkil etildi.

Mazkur yarmarkada o’quvchilar ish beruvchi tashkilotlarga ishga qabul qilish tartibi bilan tanishdilar. Malakaviy amaliyotdan so’ng bitiruvchlarni ish bilan ta’minlanishi bo’yicha O’zR Notarial palatasi vakillari tegishli tushunchalar berdilar.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: