“VATAN” mavzusidagi maqola chop etildi.

♻️ Prezidentimiz tomonidan yoshlarimizga yaratilayotgan shart-sharoitlardan unumli foydalangan holda texnikumning 1-bosqich «Yuridik xizmat» yoʻnalishi, 22-22 guruh Mamasiddiqova Bibioysha Komiljon qizi oʻzining iqtidori, serqirra faoliyati bilan turli sohalarda oʻtkazilgan konfirensiyalarda koʻplab yutuqlarni qoʻlga kiritmoqda.

🔹 Jumladan Turkiya, Istanbul “THEORY AND ANALYTICAL ASPECTS OF RECENT RESEARCH” Xalqaro elektron-onlayn konferensiyalar jurnalining 14-aprel 9-sonida “VATAN” mavzusidagi maqolasi chop etildi.


VATAN

Vatan shunday muqqaddaski, u unson ruhiy olamida quyosh kabi yorqin porlaydi. Tanga quvvat, ruhga rohat, umrga mazmun bag‘ishlaydi. Bu – aziz Vatan soʻzi Oʻzbekistondir. U tabarruk Ona soʻzi bilan yaqin qardosh turlaridir.

Dunyoda ona bitta, Vatan yagona boʻladi. Bu tushuncha odamzodga qorongʻulikda adashganlarga yoʻlchi yulduzdek.

Vatan haqida ming yillar davomida Sharq va Gʻarb olimlari mehrmuhabbat bilan yozganlar. Bolaligimizdan bizga tanish, koʻzga va qalbga yaqin uyimiz, maktabimiz, shahrimiz bogʻlari, maydon va hiyobonlari, qishlogʻimiz togʻu-tosh adir va qirlari-yu osmon oʻpar choʻqqilari ham vatandir…

Oʻzbekiston xalqining milliy taraqqiyoti yoʻlidagi bosh gʻoyasi-ozod va obod vatanda erkin va farovon hayot barpo etishdir. Bu gʻoya xalqimizning azaliy ezgu intilishlaridir, bunyodkorlik faoliyatining maʼno-maʼzmunini belgilaydi. Har bir inson uchun muqaddas boʻlgan yuksak madaniy qadiryatlarni oʻzilda mujassam etadi.

Milliy istiqlol mafkurasining bosh gʻoyasida ozodlik tushunchasining ustivor yetakchi urinda turishi Vatan mustaqilligi barcha orz u- intilishlarimiz, amaliy faoliyatimiz va yorugʻ kelajagimizning asosi ekanidan dalolat beradi.

Vatan – insonning kindik qoni toʻkilgan tuproq, uni kamol toptiradigan, hayotiga maʼno-mazmun baxsh etadigan tabarruk maskandur.

U ajdodlardan avlodlarga qoladigan buyuk meros, eng aziz xotira. Vatanota bobolarmizning xoki-poklari joy boʻlgan, vaqti soati yetib har birimiz bosh qoʻyadigan muqaddas zamindir.

Vatani bor odamning gʻurur-iftihori yuksak, maksad-mudoalar aniq boʻladi. Togʻdek tayanchi vatani borligini his etgan inson hayotning xar qanday sinovlardan bardosh bilan yengib oʻtadi.

Vatanning ravnaqi, avvalo, uning farzandalari kamoliga bogʻlik. «U esa xar bir yurtdoshimizni oʻzining maʼnaviy kamolati uchun yuksak masʼuliyatni his etishga, oʻz manfaatlarini shu yurt, shu xalq manfaatlari bilan uygʻunlashtirib yashashga daʼvat etadi.

Milliy gʻoya hech qachon Vatandan tashqarida ildiz otmaydi va rivojlanmaydi. Vatanning ravnoqiga hizmat qilmaydigan gʻoya hech kachon milliy gʻoya bula olmaydi. U Vatan ravnaqini belgilab beradigan tamoyillarini oʻzida aks ettirsagina kuch-qudratiga aylanada.

Bugungi kunda jamiyatimizda tadbirkorlik, erkin iqtisodiy faoliyat keng rivojlanayotgani, davlatimizning iqtisodiy kudrati ortayotgani, xalqimizning maʼnaviyati boyib, ilm-ziyo salohiyati yuksalayotgan Vatan ravnaqini asosi boʻladi.

Bu oʻzgarishlar jarayoning ustivor xususiyati-xalqimizning bunyotkorlik faoliyatidir. Bunda ana shu bunyotkorlik salohiyatini tula yuzaga chiqarish, iqtisodiyotni ilgʻor texnologiyalar asosida modernizatsiya qilish, yoshlarimizni sogʻlom va barkomol kilib voyaga yetkazish hal kiluvchi ahamiyat kasb etadi.

Yurt tinchligi-beboho neʼmat, ulugʻ saodatdir. Bashariyat uz taraqqiyotining barcha bosqichlarda, avvalo, tinchlik – totuvlikka intilib kelgan.

Yurt tinchligi – barqaror taraqqiyot garovi.

Uzbek xalqi tinchligini yuksak qadirlaydi,uni uzi orzu-intilishlari, maqsadmuddaolari ruyobga chiqishning kafolati deb biladi. Xolbuki, bashariyat faqat tinchlik va osoyishtalik barqaror boʻlgan taqdirdagina o‘z oliy maqsadlariga erishadi, moddiy va maʼnaviy yuksaklikka kutariladi.

Sohibqiron Amir Temurning nabirasi Mirzo Ulugʻbek Mavarounnahrga hukumronlik qilgan qiriq yil mobaynida mamlakatda tinchlik – barkarorlik ustivor boʻlgani sababli ilm-fan, madaniyat yuksak taraqqiy etgan. Bunyodkorlik ishlari rivojlangan, koʻhna zaminimiz gullab-yashnagan.

Yurt tinchligi Vatan ozodligi va mustaqilligi bilan chambarchas bogʻliqdir. Birovga qaram boʻlgan xalq hech qachon va farovon yashay olmaydi. Shuning uchun ham mustaqillik va tinchlikni asrash, mamalakatimizni tajavuskor kuchlardan himoya kilish doimo tayyor turishimiz lozim.

Yuksak maʼnaviyat, siyosiy madaniyat, millatning gʻoyaviy va mafkuraviy yetukligi yurt tinchligini saqlashning muhim omilidir. Xalkimiz uchun azalazaldan muqaddas boʻlgan gʻoya jamiyati turlicha fikr va qarashga ega boʻlgan barcha kuch va xarakatlarni birlashtirishga va shu orqali milliy hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: