Fargʻona viloyati yuridik texnikumiga 2023/2024 oʻquv yilida umumta’lim maktablarining 11-sinf bitiruvchilari, kasb-hunar maktablari va kollej bitiruvchilarini o’qishga taklif etish va kasbga yoʻnaltirish ishlari boʻyicha targʻibot ishlari davom etmoqda.

Joriy yilning 1-may kuni texnikum direktorining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari O.Nasretdunova boshchiligida, adliya vazirligi stipendiyasi sohiblari hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-son «O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq Farg’ona viloyati yuridik texnikumidan yo‘llanmaga ega bo‘lgan sobiq bitiruvchimiz Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriatiga yakka tartibdagi suhbat asosida 2-bosqichiga o‘qishga qabul qilingan Anvarjonov Abrorjon Anvarjon o‘gli bilan Farg‘ona shahrida joylashgan 9, 13-umumiy o‘rta ta‘lim maktablariga tashrif buyurib, texnikum faoliyati, yaritilgan imtiyozlar yuzasidan targ’ibot va tashviqot ishlarini olib borildi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: