TDYU talabasi tomonidan targ’ibot tabbiri bo’lib o’tdi

Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan akademik Xadicha Sulaymonova tavalludining 110 yilligi munosabati bilan universitet talabalari va universitet qoshidagi akademik litsey o‘quvchilari uchun Xadicha Sulaymonova nomidagi stipendiya ta’sis etildi.

Akademik Xadicha Sulaymonovaning ilm-fan rivoji, huquqiy davlat barpo etishdagi harakatlari, ibratli hayot yo‘li, ilmiy-madaniy merosini o‘rganish va targ‘ib qilishda faollik ko‘rsatayotgan, bilimli, ijtimoiy faol va jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquqiy bilimlarini oshirishda munosib ishtirok etib kelayotgan talaba va o‘quvchilarni munosib rag‘batlantirish maqsadida ta’sis etilgan mazkur stipendiya targ‘iboti yuzasidan «Dunyoda ilk bor Oliy sudni boshqargan o‘zbek ayoli » shiori ostida Toshkent Davlat yuridik universiteti talabasi Qodirova Sevaraxon Zoyirjon qizi tomonidan texnikum o‘quvchi-yoshlari o‘rtasida tusinchalar va o‘z fikr mulahazalarini berib o‘tdi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: