“AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR” mavzusida maqola chop etildi.

♻️ Prezidentimiz tomonidan yoshlarimizga yaratilayotgan shart-sharoitlardan unumli foydalangan holda texnikumning 1-bosqich «Yuridik xizmat» yoʻnalishi, 22-22 guruh oʻquvchisi Shukurova Gulchiroy Akmaljon qizi oʻzining iqtidori, serqirra faoliyati bilan turli sohalarda oʻtkazilgan konfirensiyalarda koʻplab yutuqlarni qoʻlga kiritmoqda.

🔹 Jumladan,BELARUS, MINSK «INTERNATIONAL SCIENTIFIC RESEARCH CONFERENCE» xalqaro elektron-onlayn konferensiyalar jurnalining 19-aprel 13-sonida “AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR” mavzusidagi maqolasi chop etildi.


AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR

Annotatsiya: Ushbu maqolada Amir Temur xayoti farzandlari haqida batafsil fik ryuritilgan.

Kalitso’zlar: AmirTemur, Jaxongir, Umarshayx, Mironshox, SHoxrux.

Amir Temur (to’liq ismi Amir Temur ibn Amir Tarag’ay ibn Amir Barqul) 1336 yil 9-aprelda Kesh, hozirgi Shaxrisabz shahri yaqinidagi Xo’ja Ilg’or qishlog’ida barlos urug’ining oqsoqollarida Chig’atoy ulusining e’tiborli beklaridan hisoblangan Amir Tarag’ay oilasida dunyoga kelgan. Onasining ismi Takina xotun Buxorolik edi.

Bolaligidanoq, tabiatan og’ir-bosiq zexni o’tkir, shoshilmay fikrlaydigan Temurbek dastavval maktabda saboq oldi, savodini chiqardi, ustozlar nazoratida kamon dastasini ushlash, o’q uzish, nayza tutish, otlarni saralay olish, shikorlar uyushtirish, chavandozlik va qilichbozlik sirlarini yaxshilab o’rgandi. Sharofiddin Ali Yazdiyning yozishicha, Temurbek o’n ikki yoshida tengqurlari bilan poshsho vazir o’ynashar ekan. Temurbek podsho bo’lar, qolganlarning har biriga bir mansab berilar, qamishdan yasalgan gunohkor odamni jazolab, yurt boshqarar ekanlar. O’n ikki yoshligidayok, yurt boshqarish xavosini olishga intilish kuchli bo’lgan, niyatni katta qilgan.

Alloh taolo Sohibqironga ko’p farzandlar ato etdi. El koriga yaraydigan bo’lib voyaga yetganlari oltita — to’rt o’g’il, ikki qiz.

To’ng’ich o’g’il — 1356 yilda Turmish oqa degan xotinidan tug’ilgan Jahongir Mirzo, valiaxd edi, 1376 yilda avji gurkirab turgan yigirma yoshida betoblikdan dunyodan ko’z yumdi. Undan ikki o’g’il — Muxammad Sulton bilan Pir Muhammad Jaxongirlar qolgan.

Ikkinchi o’g’li — 1356 yilda Tulun oqa degan ma’shuqasi (kanizagi)dan tug’ilgan Umarshayx Mirzo. 1394 yilda xalok bo’lgan. O’ttiz sakkiz yil umr ko’rgan. Olti o’g’il qolgan: Pir Muxammad Mirzo, Rustam Mirzo, Iskandar Mirzo, Ahmad Mirzo, Sayid Axmad Mirzo, Boyqaro Mirzo.

Uchinchi o’g’li — 1366 yilda Mengli bika oqa degan ma’shuqasidan tug’ilgan Mironshoh Mirzo. 1408 yilda halok bo’lgan. Qirq ikki yil umr ko’rgan. Olti o’g’il qolgan: Abu Bakr Mirzo, Umar Mirzo, Xalil Sulton Mirzo, Sulton Muxammad Mirzo, Iyjal Mirzo, Suyurg’atmish Mirzo.

To’rtinchi o’g’li — 1377 yilda Takoy Turkon oqa degan ma’shuqasidan tug’ilgan SHoxrux Mirzo. 1447 yilda vafot etgan. Yetti o’g’il qolgan: Ulugbek Mirzo, Ibroxim

Sulton Mirzo, Boysunkur Mirzo, Suyurg’atmish Mirzo, Muxammad Juki Mirzo, Jon Ug’lon, Muxammad Yoriy Mirzo. Ulugbek Mirzodan boshqa barcha o’g’illar otasidan avval dunyodan o’tganlar.

Birinchi qizi Oqa Begi xonim 1359 yilda Turmish oqa degan xotinidan tug’ilgan. Muhammadbek ibn Musoga uzatganlar, bu nikoxdan Sulton Xusayn Mirzo tug’ilgan. 1382 yilda yigirma uch yoshida betob bo’lib olamdan ko’z yumgan.

Ikkinchi qizi — Sulton Baxt begim 1362 yilda Uljoy Turkon og’a degan xotinidan tug’ilgan. Amir Muhammad Mirakga uzatadilar lekin kuyov Sohibkironga qarshi tig’ ko’tarib chiqadi va jangda halok bo’ladi. Ikkinchi marta Sohibqironning jiyani Amir Sulaymonshoxga turmushga chiqadi. 1430 yilda vafot etgan.

Amir Temur o’rta asrlarda yurtimiz mug’illar zulmi ostida qiynalayotgan paytda o’zinig uzoqni ko’ra bilgan davlat arbobi sifatida siyosat maydoniga chiqdi. U o’zining uzoq yillar xukm surgan saltanatini odilona boshqarishini ko’rishimiz mumkun.

FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR RO’YXATI:

1. R.Shamsutdinov va boshqalar O’zbekiston tarihi. Toshkent- Akademik nashr-

2019.

2. Muhummad Ali «Amir Temur solnomasi» Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona nashryoti. Toshkent-2008.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: