Joriy yilning 18-may kuni Farg‘ona viloyati yuridik texnikumida viloyatdagi kasb-hunar maktablari, texnikumlar hamda kollejlarda faoliyat olib borayotgan “Kadrlar bo‘limi”ning inspektorlari uchun “Professional ta’lim muassasalarining kadrlar bo‘limida Mehnatga oid munosabatlar” mavzusida seminar tashkil etildi.

Seminarda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi kadrlar bo‘limi inspektori S.Otajonov, Toshkent davlat yuridik universiteti Mehnat huquqi kafedrasi katta o‘qituvchisi, yuridik fanlar nomzodi dotsent M.Karimjonov (zoom platformasi orqali), Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasida notariat, advokatura va huquqiy xizmatlar sho‘basi mutaxassisi Sh.Tolipov, O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashining Farg‘ona viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi L.Axmedova, O‘zbekiston Kasaba uyushmasi federatsiyasi Farg‘ona viloyati kengashining mehnat huquqi inspektori F.Abdullajonova, texnikum direktori M.Toshmatova, direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari A.Ergashev va texnikumning kadrlar bo‘limi boshlig‘i M.Karachayevalar ishtirok etdilar.

Seminarda “Mehnat shartnomasi”, “Ish vaqti va dam olish vaqti”, “Mehnat ta’tillari”, “Mehnat intizomi va mehnat qonunchiligi bilan tartibga solinadigan ayrim ijtimoiy munosabatlar” yuzasidan tushunchalar berildi hamda qatnashchilar tomonidan berilgan savollarga tegishliligi bo‘yicha javoblar olindi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: