Toshkent Davlat yuridik universitetida “O‘zbekiston Street Law Akademiyasi” tashkil etildi.
Tadbirda Toshkent davlat yuridik universiteti va yuridik texnikumlarning loyiha koordinatorlari va faol volontyorlar o‘z taqdimotlari bilan ishtirok etishdi.
Shu munosabat bilan texnikumning «Street Law» loyihasi koordinatori maxsus fan o’qituvchisi F.Mirjavharova hamda «Street Law» loyihasining texnikum o’quvchilaridan tashkil topgan volontiyorlari ham tadbirda ishtirok etdilar.
Shuningdek, akademiya ishtirokchilari uchun Street Law Inc. (AQSh, Vashington) xalqaro nodavlat tashkiloti ekspertlari tomonidan loyiha darslarini yaratish bo‘yicha interaktiv mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Ma’lumot uchun: “O‘zbekiston Street Law Akademiyasi” TDYU va yuridik texnikumlarning Street Law loyihasi volontyor-o‘qituvchilari va volontyor-talabalari (volontyor-o‘quvchilari)ga loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq orttirilgan tajribalarni o‘rtoqlashish va muhokama qilish uchun yaratilgan platformadir.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube