Farg’ona viloyati yuridik texnikumida Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining joriy yil 27-apreldagi 62 um-son buyrug’iga asosan TDYU ning professor-o’qituvchilari – «Konstitutsiyaviy huquq» kafedrasi o’qituvchisi Bakiyev Jaxongir Nurmatjon o‘g‘li, «Fuqarolik protsessual va iqtisodiy protsessual huquq» kafedrasi o’qituvchisi Davronov Doniyor Abdullo o‘g‘li, «Ma’muriy va moliya huquqi» kafedrasi o’qituvchisi Soyipov Xumoyun Xusniddin o’g’li tomonidan texnikum pedagog-xodimlarini metodik va ilmiy jihatdan qo’llab-quvvatlash maqsadida seminar tashkil etildi.
Ushbu seminar mashğulotida ilmiy faoliyatdagi yangilik va o’zgarishlar toğrisida so’z yuritilib, o’qituvchilar uchun ilmiy bosqichlarga oid yo’riqnomalar, uslubiy qo’llanmalar, ilmiy maqolalar bilan bog’liq tavsiyalar berib o’tildi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube