🏛 Joriy yilning 18-iyul kuni 2022-2023 oʻquv yili yakuni hamda ikkinchi bosqich oʻquvchilariga bagʻishlangan “Oq yoʻl sizga, bitiruvchilar!” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

🔹 Tadbirda Fargʻona adliya boshqarmasi, Fan va innovatsiyalar vazirligi Fargʻona viloyati hududiy boshqarmasi, Majburiy ijro byurosi Farg’ona viloyati boshqarmasi hamda huquqni muhofaza etuvchi organlar vakillari shuningdek bitiruvchilarning ota-onalari ishtirok etdilar.

✅ Tadbirda Adliya boshqarmasi boshligi o’rinbosari O.Fayzullayev va Fan va innovatsiyalar vazirligi Fargʻona viloyati hududiy boshqarmasi boshlig’i Z.Yunusov so’z olib, bitiruvchilar va ularning ota-onalariga samimiy tilaklar bildirdilar.
Tashrif buyurgan mehmoblar tomonidan bitiruvchilarga, ularning ota-onalarga tashakkurnoma va maqtov yoriqlari tantanali ravishda topshirildi.

✅ Tadbir badiiy chiqishlar hamda kuy- qoʻshiqlar bilan koʻtarinki ruxda oʻtdi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: