Mustaqillik xalqimiz uchun o’z taqdirining xaqiqiy egasi bo’lib, qadr-qimmatini anglab, munosib hayot kechirish, yurtimizda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish imkoniyatini yaratdi.

Mustaqillik yillarida ko’xna tariximiz, boy merosimiz, milliy davlatchiligimiz, muqaddas dinimiz, urf-odat va an’analarimiz qayta tiklandi. Bugungi kunda mehr-oqibat, bagrikenglik hamjihatlik kabi olijanob fazilatlar, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat, Vatan taqdiri va kelajagiga daxldorlik tuygusi yuragimizning tub-tubidan o’rin
oldi.

Mamlakatimizda mustaqillik yillarida olib borilgan keng ko’lamli islohotlar natijasida milliy davlatchiligimiz poydevori mustahkamlanib, davlatimiz suvereniteti, chegaralarimiz daxlsizligi tahminlandi, jamiyatimizda tinchlik va osoyishtalik, millatlararo totuvlik va diniy bagrikenglik muxitini kuchaytirish, qonun ustuvorligi, inson huquq va erkinliklari hamda manfaatlarini ro’yobga chiqarish bo’yicha ulkan ishlar amalga oshirilganligi to‘g‘risida O‘zbekiston mustaqilligining 32 yilligi “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” mavzusidagi mustaqillik darslarida o‘quvchilarga keng ko‘lamli ma’lumotlar berildi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: