“Tongi saflanish” tadbiri tashkillandi.

O‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash, huquqiy, siyosiy madaniyatini va huquqiy ongini oshirish, ularda vatanparvarlik tuyg’usini shakllantirish hamda texnikum ichki-tartib va odob-ahloq qoidalariga rioya etishini nazorat qilish va rivojlantirish maqsadida xaftaning har dushanba kuni “Tongi saflanish” tadbirlarlari texnikumda doimiy ravishda tashkil etilib kelinmoqda.

🏛 Joriy yilning 9-oktabr kuni “Davlat-huquqiy faoliyat” yo’nalishi 30-23 guruh o‘quvchilari tomonidan navbatdagi “Tongi saflanish” tadbiri tashkillandi.

🔹 Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan maxsus tayinlaygan chiqishlar, siyosiy-ijtimoiy hamda sport yangiliklari havola etildi.

Bundan tashqari 1-oktabr “Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan birinchi va ikkinchi bosqich o‘quvchilari o‘rtasida “Mini futbol” sport turi bo‘yicha “Direktor kubogi” musobaqalarida faol qatnashib faxrliy o‘rinni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar texnikum rahbariyati tomonidan taqdirlandilar.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: