🏛 Joriy yilning 25-oktabr kuni texnikumning “Mutaxassislik fanlari” kafedrasi o‘qituvchisi F. Mirjavharova tomonidan “Konstitutsiyaviy huquq” fanidan “Davlat -huquqiy faoliyati” yo‘nalishi 32-23 guruhida «Shaxsning huquqiy maqomi va O’zbekiston Respublikasi fuqaroligi» mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.
🔹 Ochiq dars davomida «Atamalar yog’dusi», «Fikringni jamla va top», «Dumaloq stol» kabi interfaol usullar, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanildi.
🔹 Shuningdek, mavzuga oid slaydli taqdimot asosida mavzu atroflicha bayon qilindi. Kichik guruhlar ishi musobaqa shaklida tashkil etildi.
🔹 Darsni texnikumning tajribali hamda yosh o‘qituvchilari kuzatdilar va ijobiy baholadilar
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube