Joriy yilning 17-noyabr kuni “Umumta’lim fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi D.Meliboyeva tomonidan 1-bosqich “Davlat-huquqiy faoliyati” yo‘nalishi 29-23 guruhida “Vatan bayrog‘ini asraydi yoshlar” mavzusida “Ma’naviyat soati” o‘tkazildi.
O‘zbekistonning davlat ramzlari xalqimizning shon-sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o‘zida mujassam etib, shu yurtda yashovchi har bir fuqaroga g‘urur, faxr va iftixor bag‘ishlaydi. Ular ma’naviyatning eng muhim timsollaridir.
O‘tkazilgan ma’naviyat soatida davlat ramzlarining muqaddasligi, ular bizga yurt manfaati har nedan ustunligini anglatib, ayniqsa, yosh avlod yodda tutishi maqsadga muvofiq ekanligi qayd etildi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube