Joriy yilning 20-noyabr kuni Farg‘ona viloyat yuridik texnikumi o‘quvchilari o‘rtasida “Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi oldini olish: Milliy va xorijiy tajriba” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Konferensiyadan ko‘zlangan maqsad Adliya vazirligi yuridik texnikumlari o‘quvchilarining Jinoyat huquqi modulidan bilimlarini oshirish, ularning muayyan mavzularda ma‘ruza va ilmiy maqolalar tayyorlash orqali ilmiy yo‘nalishga bo‘lgan qiziqishlarini shakllantirishdan iborat bo‘lib, unda Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudi vakili, texnikum rahbariyati va o‘qituvchilari, o‘quvchilar hamda onlayn tarzda boshqa viloyatlar texnikumlari o‘quvchilari ham ishtirok etishdi.
Konferensiyada ishtirokchilar o‘z maʼruzalari bilan qatnashishdi. Tadbir o‘quvchilar o‘rtasida o‘ziga xos savol-javob, takliflar va katta qiziqishlarga boy ruhda o‘tkazildi.
Farg‘ona viloyat yuridik texnikumi Adliya vazirligi yuridik texnikumlariga ushbu konferensiyadagi ishtiroklari uchun o‘z minnatdorchiligini bildiradi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube