⚖️ Davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, advokatura hamda boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda o‘quvchilarni nazariy bilimlarining amaliyot bilan uygunligini taminlash maqsadida joriy yilning 5-dekabr kuni texnikumning “Yuridik klinika” rahbari D.Qayumova boshchiligida 1-bosqich “Davlat-huquqiy faoliyati” yo‘nalishi 29-23 guruhi o‘quvchilari Farg‘ona viloyati Quva tumani jinoyat ishlari bo‘yicha sudiga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida o‘quvchi-yoshlarga jinoyat sudi raisi Z.Omonov tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida sud hokimiyatining odil sudlovni amalga oshirish jarayonidagi muhim vazifalari va kelgusida amalga oshirilishi nazarda tutilgan ustivor bir qator ishlar haqida maʼlumotlar berildi hamda yoshlar tomonidan sohaga oid berilgan savollarga javob berib oʻtdi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube