“Konstitutsiya – baxtimiz qomusi!” mavzusida targ’ibot tadbirlari bo’lib o’tdi.

🏛 Joriy yilning 6-dekabr kuni 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan Farg’ona viloyati yuridik texnikumining «Yuridik klinika» rahbari D.Qayumova boshchiligida «Yuridik klinika» a’zolari ishtirokida Quva Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi hamda Quva tumani 9-umumta’lim maktabida “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi!” mavzusida targ’ibot tadbirlari bo’lib o’tdi.

🔹 Tadbir davomida «Yuridik klinika» a’zolari yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, undagi bo’lim, bob va moddalar haqida, xususan, ta’lim sohasidagi kiritilgan o’zgarishlar haqida litsey o’quvchilariga ma’lumot berdilar. Tadbir so’ngida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga volontyorlar tomonidan atroflicha javoblar berildi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: