Ochiq dars mashg’uloti o‘tkazildi.

🏛 Joriy yilning 21-dekabr kuni texnikumning “Mutaxassislik fanlari” kafedrasi o‘qituvchisi Sh. Jiyanova tomonidan “Mehnat huquqi” modulidan “Davlat-huquqiy faoliyati” yo‘nalishi 20-22 guruhida «Mehnat muhofazasi. Mehnat nizolari» mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.

🔹 Mashg‘ulot davomida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Mehnat qonunchiligida belgilangan normalar asosida mehnat muhofazasi tushunchasi, turlari unga qo‘yilgan talablar, belgilangan kafolatlar hamda mehnat nizolari, tushunchasi, turlari va o‘ziga xos xususiyatlari haqida ma‘lumotlar berildi.

🔹 Ochiq dars davomida, interfaol usullar, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanildi.

🔹 Shuningdek, mavzuga oid slaydli taqdimot asosida mavzu atroflicha bayon qilindi. Kichik guruhlar ishi musobaqa shaklida tashkil etildi.

🔹 Darsni texnikumning tajribali hamda yosh o‘qituvchilari kuzatdilar va ijobiy baho berdilar.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: