Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining joriy yil 24-noyabrdagi 507-son buyrugʻini ijrosini taʼminlash maqsadida texnikumda oʻquvchilarning qishki taʼtili davri 2023-yil 25-dekabrdan 2024-yil 6-yanvar kuniga qadar xodimlarning intellektual salogʻiyati, uslubiy metodikasini oshirish hamda sogʻlom turmush tarzini olib borishga qaratilgan tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan boʻlib, reja ijrosi yuzasidan 27-dekabr kuni “Raqamlashtirish davrida axborot texnologiyalaridan foydalanish” mavzusida seminar mashgʻuloti oʻtkazildi.
Seminarni texnikumning “Huquqiy axborot texnologiyalari” fani oʻqituvchisi 3-darajali yurist F.Asanov olib bordi.
Seminar mavzusi yuzasidan berilgan savollarga maʼruzachi tomonidan toʻlaqonli javoblar berib oʻtildi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube