“Yangi O‘zbekiston farzandlari kelajak posbonlari” shiori ostidagi “Balli yigitlar” ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 10-yanvar kuni “14-yanvar Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan texnikumda Farg‘ona viloyati hokimining 2023-yil 19-dekabrdagi 419-11-0-F/23-sonli farmoyishi ijrosi yuzasidan “Yangi O‘zbekiston farzandlari kelajak posbonlari” shiori ostidagi “Balli yigitlar” ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Ko‘rik tanlov o‘quvchilarning harbiy va sport madaniyatini yanada yuksaltirish, ularni vatanparvarlik tarbiyalash, yoshlarning erkin fikrlash qobiliyati va nutq madaniyatini o‘stirish hamda ijtimoiy faolligini oshirish va ularni rag‘batlantirish maqsadida o‘tkazildi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: