Joriy yilning 18-yanvar kuni texnikumning “Umumta’lim” fanlari kafedrasi yuristlar uchun rus tili fani o’qituvchisi M.Abdullaeva tomonidan “Ta’lim jarayonida ochiq darslarni tashkil qilish” mavzusida seminar o’tkazildi.
Seminarda texnikumning pedagog va xodimlari ishtirok etdilar. Seminarning 1-qismida ochiq darslar tashkil etish, o’quv jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish yuzasidan uslubiy tavsiyalar berildi.
Seminarning 2-qismida esa “Конституция основной закон Республики Узбекистан” mavzusida namunaviy ochiq dars mashg’uloti o’tkazildi.
Mashg’ulot mobaynida ishtirokchilar kichik guruhlarda ishlash orqali rivojlantiruvchi metodlarni qo’llash bo’yicha amaliy ko’nikmalarga ega bo’ldilar.












Telegram | Facebook | Instagram | Youtube