
Prezidentimizning 2022-yil 27-maydagi “Muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek oʻquvchi-yoshlarning darsdan tashqari vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni mamlakatimizning tarixiy va diqqatga sazovor joylari, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishtirish maqsadida joriy yilning 22-yanvar kuni texnikumning yoshlar bo’limi uslubchisi S.Isroilova va “O’quvchilar turar joyi” mudiri M.Maxmudovalar boshchiligida bir qator oʻquvchi-yoshlar bilan Farg‘ona viloyati o‘lkashunoslik muzeyga sayohat uyushtirildi.
Oʻquvchilar muzeyning faoliyati, undagi eksponatlarning tarixi va boshqa madaniy meroslar bilan yaqindan tanishdilar.
Tashrif davomida o’quvchi-yoshlar vatanimiz va viloyat tarixi haqida ma’lumotga ega bo’ldilar.
Bunday sayohatlar o’quvchi-yoshlarda vatanparvarlik hissini rivojlanishiga xizmat qiladi.











Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Ulashing:
- Viber
- Skype
- Telegram
- РћРТвЂВВВВВВВВнокласснРСвЂВВВВВВВВРєРСвЂВВВВВВВВ