«Uch avlod uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.

Fargʻona viloyat yuridik texnikumida “Mutaxasislik fanlar” kafedrasi mudiri R.Hoshimov tashabbusi bilan soha faxriylari ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.

🔹 Tadbirda texnikum direktori M.Toshmatova soʻzga chiqib, keksa avlod vakillarining jamiyatdagi oʻrni, bugungi sud faxriylarini eʼzozlash, ularning odil sudlovni amalga oshirish, sud-huquq islohotlarini hayotga samarali tadbiq etishda hayotiy tajribalarining roli xususida aytib oʻtdi.

🔹 Uchrashuvda sud-huquq tizimida uzoq yillar faoliyat yuritgan, hozirda keksalik gashtini surayotgan soha faxriylari I.Bekmirzayeva va O‘.Yuldashevalar ishtirok etdilar.

🔹 Uchrashuvda fahriylar sud-huquq sohasidagi faoliyatlari davomida qiziqarli boʻlgan esda qolarli voqealar hamda hayot yoʻllari haqida soʻzlab berishgani “Uch avlod uchrashuvida” ishtirok etayotgan pedogog-xodimlar va texnikum oʻquvchi-yoshlarining sud-huquq sohasiga boʻlgan qiziqishini ortishiga sabab boʻldi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: