“Donor va yoshlar” mazusida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Joriy yilning 26-yanvar kuni texnikumda “Donor va yoshlar” mazusida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Fargʻona viloyati Qon quyish stansiyasi Donorlar boʻlimi mudiri S.Mirzamatov, vrach epidemolog O.Yuldashev, faol donorlardan esa “Faxriy donor” koʻkrak nishoni sohibi U.Qoriyev, “Adolat” sotsial demokratik partiyasi viloyat kengashi raisi oʻrinbosari, Fargʻona shahar kengashi deputati B.Axmadaliyevlar ishtirok etdilar.

Seminar davomida maʼruzachilar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-avgustdagi “Respublikada qon bilan ishlash xizmati muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish va aholi orasida begʻaraz donorlik harakatini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-248-son qarorining mazmun mohiyatini tushuntirib berdilar.

Seminar yakunida maʼruzachilar texnikumning oʻquvchi-yoshlari tomonidan berilgan savollarga javob berishdi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: