“Bizning faxrimiz” va «Huquqiy targ’ibot» burchaklari tashkil etildi.

Farg’ona viloyati yuridik texnikumida «Bizning faxrimiz» burchagi tashkil etildi. Ushbu burchaka o’quv jarayoni va tadbirlarida faol ishtirok etayotgan, tendoshlariga o’rnak bo’layotgan Adliya vazirligi stipendiyasi sohiblari, chet tili bo’yicha sertifikatga ega bo’lgan eng namunali o’quvchilarning fotosuratlari joylashtirildi.

Shuningdek texnikumga tashrif buyurayotgan o’quvchilar va mehmonlarning huquqiy ong va huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirish, ularni texnikum faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida «Huquqiy tar’ibot» burchagi ham tashkil etildi.

«Yoshlar va biznesni qo’llab-quvvatlash yili» munosabati bilan o’tkazilayotgan turli tadbirlar va ushbu burchaklarning ochilishi texnikum o’quvchilarini yanada ruhlantiradi hamda Yangi Oʻzbekistonni barpo etish yoʻlida amalga oshirilayotgan islohotlarga munosib hissasini qo’shishlarida, mamlakatimizda ilm-fan, taʼlim va sport sohalarini rivojlantirishdagi samarali xizmatlari hamda jamoat ishlaridagi faol ishtirokini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: